JR东京站北侧拟建日本第一高楼 高度可达390米
Praga | |
---|---|
| |
50°5′15″N 14°25′17″E / 50.08750°N 14.42139°E | |
Mamlakat | Chexiya |
Hukumat | |
? starosta | Pavel Bém |
|
Praga – Chexiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi mo??tadil, kontinental; yanvarning o?rtacha temperaturasi 0°C, iyulniki 19,2°C. Yillik yog?in 500 mm. Aholisi - 1,2 mln. kishi (2000). Alohida ma?muriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928-yildan tilga olingan. 10-asrdan Chexiya davlatining poytaxti. Praga Yevropadagi yirik savdo shaharlaridan bo?lgan. O?ttiz yillik urush (1618—48)dan keyin Praganing mavqei pasaygan. 19-asr o?rtalaridan yirik sanoat shahriga aylandi. 1918-yildan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939-yilda Pragani nemis fashistlari bosib olgan. 1945-yil 9-mayda ulardan ozod qilindi. 1993-yilgacha Chexoslovakiya poytaxti.
Praga – xalqaro ahamiyatga ega transport yo?llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Praga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 1/10 qismini beradi. Mashinasozlikning turli sohalari: avtomobilsozlik, samoletsozlik, motorsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Kime, to?qimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, Musiqa san?ati va Tasviriy san?at akademiyalari, universitetlar, shu jumladan, Karl universiteti (1348), milliy muzey, milliy galereya, shahar mu-zeyi, 25 dan ortiq teatr va boshqa bor.
Pragada 10—18-asrlarga oid me?moriy va tarixiy obidalar saqlangan. Vishegrad qal?asi, gotika sobori (11 —16-asrlar), Qirol saroyi (12—18-asrlar), Belveder saroyi (16-asr) va kad. maydonlar bor. Yangi turar joy binolari, zamo-naviy mehmonxonalar va boshqa jamoat binolari qurilgan.[1]

Praga (Chexcha: Praha) — Chex Respublikasining poytaxti.
-
Karl ko'prigi
-
Tom tasviri
-
St. Vita sobori
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Praga shahrining rasmiy vebsayti (chexcha) (Wayback Machine saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan)
- Praga ko?chalari (rus.) (Wayback Machine saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan)
![]() |
Wikimedia Commonsda Praga mavzusiga oid fayllar bor. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |