孙悦秀娇妻恩爱照片 陈露微露内衣肩带美腿性感出镜
Kopengagen dancha: K?benhavn | |
---|---|
| |
55°40′34″N 12°34′8″E / 55.67611°N 12.56889°E | |
Mamlakat | Daniya |
Asos solingan | 1167-yil |
Rasmiy til(lar)i | Dan tili |
Aholisi (2022) |
805 420[1] |
Zichligi | 4,500 kishi/km2 |
Telefon kodi | +45 |
Pochta indeks(lar)i | 1050–1778, 2100, 2150, 2200, 2300, 2400, 2450, 2500 |
|
Kopengagen (dancha: K?benhavn) — Daniya poytaxti. Zelandiya o.ning sharqiy sohili va unga yondosh Amager o.da joylashgan. Aholisi 495,6 ming kishi (2000). K. atrofi va yo?ldosh shaharlar bilan birga alohida ma?muriy birlik sifatida ajratilgan — Katta K. shahar aglomeratsiyasini tashkil etadi. Shahar qo?lyozmalarda dastlab 1043-yil tilga olingan. 1167-yilda u yerda qasr qurilgan. 1254-yildan shahar maqomini olgan, 1443-yildan qirol qarorgohi.
K. — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniy markazi. Xalqaro transport yo?llari tuguni. Eresunn bo?g?ozining g?arbiy sohilidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t chamasida). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yo?li va paromlar orqali Malme, Xelsingborg va Landskruna (Shvetsiya) hamda Varnemyunde (Germaniya) kabi shaharlar bilan bog?langan. Mamlakat sanoatining 1/4 qismi Kopengagen Sanoatining asosiy tarmog?i —mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika, priborsozlik, oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar, velosiped, mototsikl, soat, tibbiy soha uchun priborlar ishlab chiqarish, avtomobilsozlikdir. Shuningdek, kimyo, qogoz, sement, yengil sanoat, xususan, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Daniya Fanlar akademiyasi, universitet (1479), texnika oliy maktabi, texnologiya, farmatsevtika institutlari, Nafis san?at qirollik akademiyasi, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, ko?plab ilmiy muassasalar, muzeylar, botanika bog?i, teatrlar bor. Me?moriy yodgorliklardan Kristiansborg saroyi, birja binosi, Sharlottenborg saroyi va boshqa saqlangan. Harbiy dengiz ba?zasi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ?StatBank Denmark – data and statistics“. Statistics Denmark. 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
- ↑ O?zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog?iga almashtirish kerak. |