习近平接见新调整组建军级单位主官并发布训令
London | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
51°30′26″N 00°07′39″W / 51.50722°N 0.12750°W | |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Birlashgan Qirollik | London |
{{{tuman_turi}}} | Katta London |
Hukumat | |
? Mer | Sodiq Xon |
Asos solingan | 47-yil |
Avvalgi nomlari | Londonium, Avgusta, Lundenvik, Lundenburx |
Maydon | 1,706.8 km2 (659.0 kv mi) |
Markazi balandligi | 22 m |
Iqlim turi | yumshoq dengiz iqlimi |
Rasmiy til(lar)i | inglizcha: {{{1}}} |
Aholisi (2020) |
8 961 989[1] |
Zichligi | 5667 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
oq tanlilar 59,8 % (britaniyaliklar 44,9 %), osiyoliklar 18,4 %, qora tanlilar 13,3 %, aralash 5 %, boshqalar 3,4 % |
Konfessiyaviy tarkib |
nasroniylar 48,4 %, musulmonlar 12,4 %, induslar 5,1 %, yahudiylar 1,8 %, sikxilar 1,5 %, ateistlar 20,7 % |
Etnoxoronim | londonlik |
Vaqt mintaqasi | UTC+0, yozda UTC+1 |
Telefon kodi | +44 20 |
Pochta indeks(lar)i | E, EC, N, NW, SE, SW, W, WC, BR, CM, CR, DA, EN, HA, IG, KT, RM, SM, TN, TW, UB, WD |
London — Buyuk Britaniya poytaxti, mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Katta London deb ham nomlanadi. Temza daryosining quyi oqimida, Shimoliy dengizdan 64 km masofada, London havzasi deb ataluvchi tekislikning markaziy qismida joylashgan. Poytaxt atrofidagi shaharlar va Siti bilan ma?muriy jihatdan alohida metropoliten grafligi qilib ajratilgan Katta Londonni tashkil etadi. Aholisi 9.85 mln. kishi (2025). Iqlimi qishi yumshoq, yozi unchalik issiq bo?lmagan dengiz iqlimi. Yanvarning o?rtacha temperaturasi 5,3°, iyulniki 18,9°. Yillik o?rtacha yog?in 700 mm.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]?London“ nomini kelib chiqishi Rim davridagi "Londiniyum" (lotincha: Londinium) nomiga borib taqaladi, lekin bu fakt noaniqdir. Birinchi, epigrafik ma?lumotlar 70 yilgi lotincha: Londinio qaydlariga borib taqaladi[2][3]. Tatsit tomonidan qayd qilingan 130-yilgi ma?lumotlariga ko?ra shaharning nomi "lotincha: Londinium ekanligi qayd qilingan, taxminan II asr o'rtalari Ptolemeyning qaydnomalarida (qadimgi yunoncha: Λονδ?νιον ?Londinion“) nomi keltirilgan.[4][5]. Orolni tark etishdan sal oldin, 368 yil atrofida rimliklar shahar nomini ?Augusta“ deb o?zgartirdilar. VIII asrning birinchi yarmiga oid kumush tangalarda de Lundonia yozuvi mavjud. IX asr so?ngida sakslar avvalgi rim shahrini qayta tiklab, uni Lundenburxom (qad.-ing. Lundenburh) deb nomlashadi[6].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rim davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rimliklar bosib olgunga qadar (milodiy 40—60-yillar) hozirgi London o?rnida keltlar qishlog?i bo?lgan. Rimliklar hukmronligi davrida London dastlab harbiy lager, so?ng dare va dengiz porti bo?lgan.
O?rta asrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]4-asr o?rtalaridan Rim Britaniyasining muhim siyosiy markazi. Anglo-sakslar istilosi davrida (5—6-asrlar) shahar vayron qilingan va tezda qayta tiklangan. 7-asr boshlaridan muhim savdo va siyosiy markazga aylangan. 11-asr oxiri12-asr boshlarida London Angliyaning rasmiy poytaxtiga aylandi.
XVI—XVII asrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]16-asrda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan Londonda yirik savdo kompaniyalari vujudga keldi; 1571-yilda London birjasi ochildi. Angliya savdosining 2/3 qismi o?tadigan London porti jahon ahamiyatiga ega bo?la boshladi. Sanoatning jadal rivojlanishi va Buyuk Brita-niyaning muhim sanoat, savdo va moliyaviy jihatdan qudratli davlatga aylanishi (18-asr oxirlari) Londonning du-nyodagi yirik dengiz porti, savdo va moliyaviy markaz sifatidagi ahamiyatini oshirdi.
XX — XXI asrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi jahon urushi va undan keyingi davrlarda London da metallsozlik, mashinasozlik, jumladan, avtomobilsozlik, aviatsiya, elektrotexnika kabi yangi sanoat tarmoqlari rivojlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida London nemis-fashistlar aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan. O?sha davrda harbiy sanoat, ayniqsa, aviatsiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlandi.
Xalqaro markaz
[tahrir | manbasini tahrirlash]


London — Buyuk Britaniyadagi tinchlik uchun kurash markazlaridan biridir. 1949-yildan boshlab, shaharda tinchlikni himoya qilish bo?yicha milliy kongress va konferensiyalar chaqiriladi. London — diplomatik uchrashuvlar, majlis va xalqaro konferensiyalar o?tkaziladigan joy.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]London — xalqaro ahamiyatga ega transport yo?llari tuguni. Temza daryosining Shimoliy dengizga quyilish yeridagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 60 mln. t). Xitrou va Gatuik aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Katta London mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining qismini beradi.
Sanoat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda poytaxt aholisi ehtiyojlarini ta?minlash, London porti orqali keltiriladigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash bilan bog?liq sanoat tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, priborsozlik), shuningdek, elektrotexnika va radiotexnika sanoati korxonalari bor. Dastgohsozlik va kema ta?mirlash ham muhim ahamiyatga ega. Chetdan keltiriladigan xom ashyo hisobiga rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Tikuvchilik, ko?n-teri, poyabzal, mebel, poligrafiya, farmatsevtika, sement, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Harbiy sanoat rivojlangan. London porti orqali chetga sanoat mahsulotlari chiqariladi, chetdan neft, oziq-ovqat, o?rmon mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Londonda dunyoda eng birinchi metropoliten qurilgan (1860—63). Londonda turli moliyaviy, savdo, sug?urta kompaniyalari, banklar, savdo va fond birjalari, nashriyotlar, gaz. tahririyatlari, xal-qaro va Britaniya monopoliyasi va xorij firmalari filiallari to?plangan.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Londonda iqlim o?rtacha dengiz iqlimi hisoblanib, yumshoq qish va iliq yoz va yil davomida yog?ingarchilikning birtekis tarqalishi bilan kechadi. G?arbiy Yevropada bo?lgani kabi, yumshoq iqlim Golfstrim oqimining issiq okean oqimi ta?siriga bog?liq. London iqlimining o?ziga xos xususiyatlaridan biri yanvar oyidadan (+5,1 °C) iyulgacha (+18,1 °C) harorat amplitudasining farqi 13 °C ni tashkil qiladi.
London iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ko?rsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 17,2 | 21,2 | 24,5 | 29,4 | 32,8 | 35,6 | 37,9 | 38,1 | 35,0 | 29,5 | 21,1 | 17,4 | 38,1 |
O?rtacha maksimal, °C | 8,4 | 9,0 | 11,7 | 15,0 | 18,4 | 21,6 | 23,9 | 23,4 | 20,2 | 15,8 | 11,5 | 8,8 | 15,7 |
O?rtacha harorat, °C | 5,6 | 5,8 | 7,9 | 10,5 | 13,7 | 16,8 | 19,0 | 18,7 | 15,9 | 12,3 | 8,4 | 5,9 | 11,7 |
O?rtacha minimal, °C | 2,7 | 2,6 | 4,1 | 6,0 | 9,1 | 12,0 | 14,2 | 14,1 | 11,6 | 8,8 | 5,3 | 3,1 | 7,8 |
Mutlaq minimal, °C | ?16,6 | ?12,2 | ?8,3 | ?3,2 | ?3,1 | ?0,6 | 3,9 | 2,1 | 1,5 | ?5,5 | ?7,1 | ?14,2 | ?16,6 |
Yog?ingarchilik me?yori, mm | 69 | 46 | 50 | 51 | 56 | 55 | 49 | 62 | 56 | 70 | 71 | 65 | 700 |
Sog?liqni saqlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Londonda milliy sog?liqni saqlash tizimi (NHS) mavjux bo?lib, 2018-yil 5-iyul kuni ushbu tizim ishga tushganiga 70 yil to?ldi.[7]. Ushbu tizim Londonning barcha aholisiga bepul tibbiy yordam ko?rsatadi. Bugungi kunga qadar ushbu tizim past darajadagi professionallik, parvarish yetishmasligi, yomon sharoitlar va operatsiyani uzoq kutish uchun tanqid qilindi. Ushbu tizim foydalanuvchilari ushbu kamchiliklarni turli sabablarga ko?ra, xususan, tizim bemorning "tez tiklanishiga yoki erta o'limiga" qaratilganligi va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning hozirgi soniga moslashtirilmaganligi bilan izohlashadi[7].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgi aholini ro?yxatga olish ma?lumotlariga ko?ra, Londonda 8 173 900 kishi yashagan (Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaga qaraganda ko?proq). Ulardan 7,2% ni maktabgacha yoshdagi bolalar (4 yoshgacha), 17,3% ni maktab yoshidagi bolalar (5 yoshdan 19 yoshgacha), 64,4% ni mehnat yoshidagi odamlar (20 yoshdan 64 yoshgacha) va 10,7% ni keksa bolalar (65 yosh va undan katta) tashkil etadi. 2001-yilgi avvalgi aholini ro?yxatga olish bilan taqqoslaganda, keksa aholining ulushi biroz oshdi[8]. Bir kunda Londonga 9.3 mln. kishi kelib-ketadi[9]. Mamlakat ichidagi eng katta migratsiya almashinuvi Angliyaning janubi-sharqiy va sharqiy hududlariga, eng kichigi esa Shimoliy Irlandiyada hududlari hissasiga to?g?ri keladi. Qo?shni hududlardan keluvchi odamlar orasida 20 yoshdan 29 yoshgacha bo?lgan talabalar va ishchi yoshlar ko?pchilikni tashkil qiladi[10].
Etnik tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Londondagi etnik guruhlar | ||||
---|---|---|---|---|
oq britaniyaliklar | 56% | |||
osiyoliklar | 15% | |||
boshqa oqlar | 13% | |||
negroidlar | 11% | |||
boshqa guruhlar | 5% | |||
2011-yilgi aholi sonini qayd qilish statistikasiga ko?ra, londonliklarning 45% i oq tanli britaniyaliklar, yana 14% - boshqa oq tanlilarga, shu jumladan Irlandiya Respublikasidan kelgan muhojirlarga, 22% - Osiyoliklarga, 12% - qora tanlilarga, 3% - Mestizolarga mansub. Shaharliklarning 61% Angliyada, 37% - buyuk Britaniyadan tashqarida (2001-yilgi aholi sanog?iga ko?ra-27%), shundan 3% — Hindistonda, 2% Polshada tug?ilganlar tashkil qiladi.
Ta'lim
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Londonda 40 dan ortiq universitet mavjud bo?lib, unda 400 mingga yaqin talaba tahsil oladi[11] 93 ming xorijiy talabalar shahar iqtisodiyotiga 1,5 milliard funt sterling foyd keltiradi[76]. Yirik universitetlar qatoriga quyidagilar kiradi: London universiteti, G?arbiy London universiteti, London Metropolitan universiteti, London qirolichasi Meri universiteti, Sharqiy London universiteti, Grinvich universiteti, Kingston universiteti, London Janubiy banki universiteti, London san?at universiteti, Vestminster universiteti, Midlseks universiteti, London Siti universiteti, Brunel universiteti, London Imperial kolleji va boshqalar.
London universiteti 1836-yilda tashkil etilgan va 18 ta o?zini-o?zi boshqaruvchi kollej va bir necha institutlardan iborat. Bular: London universitet kolleji, Birkbeck kolleji, Goldsmiths, qirol kolleji, London biznes maktabi, Iqtisodiyot va siyosiy Fanlar London maktab, Qirollicha Meri kolleji, qirollik Hollouey kolleji va boshqalar. Talabalar soni 120 ming tadan oshadi.
Din
[tahrir | manbasini tahrirlash]
2011-yilgi aholi ro?yxatiga ko?ra, londonliklarning 48,4% o?zlarini xristian, 12,4% musulmon, 5% hindular, 1,8% yahudiylar, 1,5% sikxlar, 1% buddistlar deb hisoblaydi. Musulmonlarning katta qismi Tauer-Hamlets, Nyuxem, Redbridge, Uoltam Forest va Brentda, hindlar-Harrou, Brent, Redbridge va Hounslovda; buddistlar-Grinvich, Kensington va Chelsi, Vestminster va Hounslovda tumanlarida ro?yxatga olingan.
2001-yilgi aholini ro?yxatga olish ma?lumotlariga ko?ra, londonliklarning 58,2% o?zlarini nasroniylar, 8,5% musulmonlar, 4,1% hindular, 2,1% yahudiylar, 1,5% sikxlar, 0,8% buddistlar, 15,8% o?zlarini hudosiz deb atashgan, 8,7% esa ro?yxatga olish savoliga javob bermagan[12].
Madaniyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]London — mamlakatning muhim madaniy markazi. Bu yerda London universiteti, Siti universiteti, politexnika institutlari, Qirollik drama san?ati akademiyasi, Qirollik musiqa akademiyasi, London Qirollik jamiyati, shuningdek, ko?pgina ilmiy jamiyatlar va muassasalar bor. Universitetlar qoshida yirik kutubxonalar mavjud. 30 dan ortiq muzey, jumladan, Britaniya muzeyi (1753), tabiat muzeyi, ilmiy muzey, geologiya muzeyi, London muzeyi, Milliy galereya va boshqa, yirik konsert zallari, teatrlar ishlab turibdi.
London yagona markazdan emas, balki mustaqil shaharchalar va aholi punktlarining sekin-asta qo?shilib ketishidan tashkil topganligi bilan boshqa yirik shaharlardan farq qiladi. Tarixiy markazlari — Vestminster (siyosiy idoralar, Vestminster abbatligi, Bakingem va Sent-Jeyms saroylari, Yangi Vestminster sobori va boshqa joylashgan) va Siti (bank, birja, yirik monopoliya idoralari o?rnashgan).
Arxitektura
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi binolar orasida gotika uslubida qurilgan Sautuork sobori (13—15-asrlar), Xemptonkort saroyi (1515—36, 1689—94) diqqatga sazovor. Vestminsterdagi Uest-Endda mehmonxonalar, savdo ko?chalari, kollejlar, muzeylar, tomoshaxona-sayilgoxlar joylashgan. Klassitsizm, neoklassitsizm namunalari saqlangan. Zamonaviy uslubda ko?plab binolar qurilgan.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Avliyo Pavel cherkovi | Tauer ko?prigi | Bukingem saroyi | Parlament binosi |
Sporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk Britaniyaning poytaxtida 1908, 1948 va 2012-yillarda uchta Olimpiya o?yinlarini qabul qilgan dunyoning birinchi shahri bo?ldi. Angliya Premer-ligasida Londonning "Arsenal", "Vest Xem Yunayted", "Crystal Palace", "Tottenxem Hotspur", "Brentford", "Chelsi"kabi oltita klubi ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda Londonning "Arsenal", "Tottenxem" va "Chelsi" klublari Yevropa va dunyodagi eng kuchli klublari hisoblanadi. Londonning to?rtta klubi Regbi bo?yicha Angliya chempionatida ishtirok etmoqda.
Shaharning eng yirik stadioni — Wembley bo?lib, u uzoq ta?mirlash ishlaridan so?ng 2007-yil may oyida yana ochildi. Yangilangan stadiondagi birinchi o?yin 19-may kuni "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari o?rtasida bo?lib o?tdi. Shuningdek, "Wembley"da Angliya Kubogi finallari bo?lib o?tadi.
2012-yilda London uchta yozgi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilgan birinchi shahar bo'ldi[13].
Tumanlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ?Population estimates: Persons by single year of age and sex for local authorities in the UK, mid-2018“. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ McKenzie S. Ancient Roman writing tablets discovered at London building site CNN. — June 2. — 2016.
- ↑ Pickford J. Earliest written reference to London unearthed Financial Times. — June 1. — 2016.
- ↑ Analli. XIV, 33.
- ↑ Geografiya. I, 15, 6; II, 3, 27; VIII, 3, 6.
- ↑ ?From Londinium to London“ (en). Museum of London. 2013-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-aprel.
- ↑ 7,0 7,1 ?60 лет NHS: глазами очевидцев“ (en) (2008-yil 3-iyul). Qaraldi: 2018-yil 4-fevral.
- ↑ ?2011 Census first results: London boroughs’ populations by age and sex“ (en) (deadlink) P. 8, 10, 18. Office for National Statistics, Greater London Authority (2012). — Первые результаты переписи 2011 года: население районов Лондона по возрасту и полу. 2012-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-iyun. (WebCite saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ ?London's Daytime Population“ (en) (deadlink). Greater London Authority. 2013-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-mart. (WebCite saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ John Hollis. Focus on London. Population and migration. Greater London Authority, 2010 — 11, 15-bet. (Wayback Machine saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan) ?Архивированная копия“ (deadlink). 2012-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-sentyabr.(Wayback Machine saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ ?Best student cities: London“. BBC. 2012-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-noyabr. (WebCite saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ Данные переписи 2001 года по Лондону.
- ↑ International Olympic Committee (2005-yil 6-iyul). ?IOC elects London as the Host City of the Games of the XXX Olympiad in 2012“. Press-reliz.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |