春季肌肤干燥怎么办 10大补水妙招偷偷告诉你!
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lyuksemburg — Lyuksemburg davlati poytaxti. Alzet va Petryus daryolari qo?shilgan joyda, 334 m balandlikda joylashgan. Iklimi mo??tadil, dengiz iqlimidan kontinental iqlimga o?tib boradi. O?rtacha temperaturasi yanvarda 0,9°, iyulda 16,6°, Yiliga 830 mm gacha yog?in yog?adi. Aholisi 79,5 ming kishi (1998).
Lyuksemburg qo?lyozmalarda savdogarlar qishlog?i sifatida 963 yildan ma?lum. 1244-yilda shahar huquqini olgan. Shahar o?z tarixida 20-marta qo?ldan qo?lga o?tib, ko?p marotaba vayron qilingan hamda qayta qurilgan.
Lyuksemburg — mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, transevropa temir yo?l va avtomobil yo?llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qora metallurgiya va mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Lyuksemburg — xalqaro moliya markazlaridan: yirik banklar va moliyaviy birlashmalarning idoralari joylashgan. Milliy kutubxona, muzey, san?at va hunarmandchilik maktabi, teatr va boshqa bor. Me?moriy yodgorliklaridan Gersog saroyi (1572), Sen-Mishel gotika cherkovi (16-asr), Adliya saroyi (16-asr), Notr-Dam sobori (17-asr) va hokazo saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog?iga almashtirish kerak. |