一碗水一滴颜料 我把梵高的“星空”搬到水面上
Sitseron Mark Tulliy | |
---|---|
Tavalludi | 3-yanvar mil. avv. 106[1] |
Vafoti | 7-dekabr mil. avv. 43 |
Fuqaroligi | Qadimgi Rim |
Otasi | Marcus Tullius Cicero[2] |
Onasi | Helvia[2] |
Sitseron Mark Tulliy (Marcus Tullius Cicero) (lotincha: Marcus Tullius Cicero; mil. av. 106.3.1, Arpinum — mil. av. 43.7.12, hozirgi Gaeta yaqini) — Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi. Rimda tahsil olib, notiqlik san?atini egallaydi, so?ng Afina, Kichik Osiyo va Rodosda o?z bilimini mukammallashtiradi. Elchilik davrida (mil. av. 63 y.) Katalina fitnasini fosh etgani uchun “fuqarolik chambari” bilan taqdirlanadi va Rim fuqarolari orasida birinchi bo?lib "Yurt otasi" unvoniga sazovor bo?ladi, ammo rimlik fitnachilarni sudsiz qatl etgani sababli mil. av. 58-yilda quvg?inga uchrab, xorijda yashashga majbur bo?lgan. Yuliy Sezar o?ldirilgach (mil. av. 44 y.), Mark Antoniy buyrug?i bilan qatl etilguniga qadar Rimning amaldagi hukmdori sanalgan.

Sitseron siyosat, falsafa va adabiyotda “o?rta oqim” hisoblangan barqarorlik va vazminlik aqidalariga sodiq bo?lgan. “Aralash davlat tuzilmasi” (monarxiya, aristokratiya va demokratiyaning qo?shilishidan paydo bo?lgan hokimiyat) Sitseronning siyosiy ideali bo?lib, mil. av. II asr boshidagi Rim Respublikasini buning namunasi deb hisoblagan. Sitseron faylasuf sifatida atomizmga qarshi chiqdi, jonni o?lmas va abadiy deb bildi, real tasavvurlarni real bo?lmagan tasavvurlardan farq qilish uchun mezon yo?q, deb hisobladi. Falsafiy asarlarida etika masalalariga asosiy e?tiborni qaratdi. Yunon falsafasi atamalarini ishlab chiqdi. Davlat haqidagi risolalarida davlatni xususiy mulkni himoya qiluvchi, umumiy huquq me?yorlariga asoslangan kishilar uyushmasi sifatida talqin etdi.

Sitseronning 58 ta nutqi, 19 ta asari va 800 dan ziyod maktublari saqlanib qolgan. Sitseron asarlari Rimdagi fuqarolar urushi davri to?g?risidagi ma?lumotlar manbai hisoblanadi. Sitseron jahon tarixida notiqlik san?atini mukammal egallagan kishi sifatida shuhrat qozongan. Uning turli sud jarayonlarida so?zlagan nutqlari notiqlik san?atining eng yuksak namunalaridir. Sitseron o?z asarlari (“Yaxshilik va yomonlikning chegaralari to?g?risida”, “Davlat to?g?risida”, “Qonunlar to?g?risida”, “Majburiyatlar to?g?risida” va boshqalar) hamda nutqlari bilan Rim mumtoz nasri va adabiy tiliga tamal toshini qo?ygan. Sitseronning “Verresga qarshi nutqlar”, “Katilinaga qarshi nutqlar”, “Orator haqida” traktatini Oybek o?zbek tiliga tarjima qilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Utchenko S, Sitseron i yego vremya, M., 1972.
- Rim adabiyoti, T., 1939;
- Rechi, t. 1—2, M., 1962;
- Tri traktata ob oratorskom iskusstve, M., 1972;
- Izbrannie sochineniya, M., 1975.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiiqtibosda Sitseron Mark Tulliyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog?iga almashtirish kerak. |