Martin Luther | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 10-noyabr 1483[1] |
Vafoti | 18-fevral 1546 |
Fuqaroligi | Muqaddas Rim imperiyasi |
Otasi | Hans Luther |
Onasi | Margarethe Luther |

Martin Lyuter (nemischa: Martin Luther ; 1483.10.11 — Eysleben — 1546.18.2) — Germaniyadagi Reformatsiya arbobi, lyuterchilik asoschisi. Erfurt universitetini tugatgan (1505). 1508-yildan Vittenberg universitetida dars bergan. Germaniyada katolik cherkoviga qarshi ijtimoiy harakat kuchaygan sharoitda Lyuter 95 tezisi bilan indulgensiyaga qarshi chiqdi. Katolik cherkovining asosiy aqidalarini inkor etuvchi bu tezislar uning yangi diniy ta?limotining mohiyatini tashkil kildi. Lyuter o?zining yangi qoidalari bilan cherkov va ruhoniylarning jamiyatdagi hukmron mavqeini inkor etib, "ruhni xalos etish"ning yagona yo?li bevosita xudo ato etgan xristian diniga e?tiqod qilishdir, deb uktirgan. Bibliyani nemis tiliga tarjima qilgan va shu bilan umum nemis adabiy tili normalarini qaror toptirgan. Lyuter asarlarining to?la nashri nemis tilida (67 jildda), lotin tilida (38 jildda) chop etilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog?iga almashtirish kerak. |